Ishi Qarag‘andi tumanlararo jinoyat sudida ko‘rib chiqilayotgan Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Serik Ahmetov davlatga 1,1 milliard tenge (6 million dollar atrofida) moddiy zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
11-avgust, seshanba kuni Qarag‘andi viloyati sobiq mansabdorlarining korrupsiyaga oid jinoyatlari bo‘yicha sud tergovi davom ettirildi.
Prokuror fikriga ko‘ra, Ahmetov qurilish obyekti bo‘yicha shartnoma tuzishdagi yordami uchun pora olishda, shuningdek, mansab vakolatlarini suiste’mol qilishda ayblanmoqda. Bundan tashqari u davlat hokimiyatining nufuziga putur yetkazganlikda qoralanmoqda.
Izoh (0)