Nepallik talaba Puskar Nepal 1 daqiqa ichida boshiga o‘z oyog‘i bilan 134 marta zarba berib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, deb xabar bermoqda Metro.
Qayd etilishicha, talaba rekordlar kitobiga o‘tgan haftada kiritilgan, biroq u rekordni o‘tgan yilning dekabr oyida o‘rnatgan. Bungacha rekord amerikalik Joel Leyndekerga tegishli bo‘lib, u 1 daqiqa ichida boshiga oyog‘i bilan 124 marta zarba bera olgan.
https://www.youtube.com/watch?v=fQg5IWBXRl4
Nepalning so‘zlariga ko‘ra, u rekord o‘rnatish uchun 7—8 oy davomida harakat qilgan. Kuniga bir necha soatdan mashq qilib, bir paytning o‘zida ikki oyog‘i bilan boshiga zarba berish texnikasini o‘zlashtirgan. U endi o‘z mamlakatining qishloq hududlaridagi kambag‘al aholi uchun nimadir qilmoqchiligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)