AQShda bo‘lib o‘tadigan kimoshdi savdosida shahzoda Charlz va Diana Spenserning 1981-yil 29-iyul kungi to‘yida tushirilgan suratlarning shaxsiy kolleksiyasi sotiladi. Bu haqda The Telegraph xabar beradi.
Suratlar kolleksiyasi nikoh marosimida suratkash bo‘lgan lord Patrik Lichfildning yordamchisiga qarashli bo‘lib, 14 ta rasmni o‘z ichiga oladi. Yettita rangli va shuncha oq-qora suratlar nafaqat chop etilmagan, balki shahzoda Charlz va malika Dianaga sovg‘a qilingan to‘y albomiga ham kiritilmagan.
Kimoshdi savdosi 24-sentabr kuni Massachusets shtatidagi Boston shahrida bo‘lib o‘tadi. Har bir surat uchun belgilangan narx 1—2 ming dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)