Bangladesh sudi 1971-yilda mamlakat mustaqilligi uchun olib borilgan urush davomida 750 kishining o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan fuqarolardan birini o‘lim jazosiga, yana birini esa umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Harbiy jinoyatlar bo‘yicha tribunal Shayx Sirojul Islom va Xon Akram Husaynni bir qator ommaviy qotilliklarda aybdor deb topdi. Sud fikriga ko‘ra, ular mamlakat janubi-g‘arbidagi Bagerxat okrugida 700 ga yaqin tinch aholini o‘ldirgan.
Hindiston, G‘arbiy Pokiston va Sharqiy Pokiston o‘rtasidagi nizo 1971-yilning mart oyidan dekabriga qadar davom etgan. Hukumatning e’lon qilishicha, urushdagi bangladeshlik qurbonlar soni uch millionga yaqin kishini tashkil etgan.
Izoh (0)