O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 12-iyundagi qarori bilan Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit o‘tishi uchun yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Norma.uz”.
Avvalgidek, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit o‘tishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda xorijiy valyutada yig‘imlar undiriladi. Yig‘imlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanadi. Yig‘imlarni undirish uchun tegishli bojxona postida vakolatli bank tomonidan xorijiy valyutada to‘lovlarini qabul qiluvchi bank kassasi tashkil qilinadi.
Avvalgi tahrirdan farqli ravishda, yangi nizomda maxsus kassalarning zarur texnika, muhr shtamp va blanklar bilan ta’minlanishi bo‘yicha talablar belgilab qo‘yildi. Shuningdek, kassir mijozlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy valyutaning haqiqiyligi va to‘lovga yaroqliligini texnik vositalar yordamida tekshirishi shartligi belgilandi.
Izoh (0)