2015-yil 10-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:05 da episentri Toshkentdan 560 kilometr janubda — Afg‘oniston hududida bo‘lgan 6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Zilzila ta’siri O‘zbekiston hududida ham sezilgan: Toshkentda 2 ball, Andijonda 2 ball, Farg‘onada 2 ball, Shohimardonda 3 ball, Samarqandda 2 ball va Termizda 3—3,5 ball. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yer silkinishi ta’siri bilingani haqida ma’lumot yo‘q.
Qayd etilishicha, zilzila o‘chog‘i yerdan 243 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Yer silkinishi episentri koordinatlari 36,65 daraja shimoliy kenglik, 70,46 daraja sharqiy uzunlik ekanligi aytilgan.
Izoh (0)