Robinson vertolyoti bilan to‘qnashib ketgan Cessna gidrosamolyoti Istra suv omboridan chiqarib olindi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Aviahalokat 8-avgust kuni sodir bo‘ldi. Har ikkala havo kemasi to‘qnashuvdan so‘ng suvga quladi. Vertolyot 9-avgust kuni suvdan chiqarib olindi. Sakkiz kishi favqulodda holat qurboni bo‘ldi, ularning shaxsi aniqlandi. Halokat qurbonlaridan biri Birinchi kanal prodyuseri, 26 yoshli Yelizaveta Hakimova ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Qidiruv ishlari davom etmoqda. Uchuvchilardan birining xatosi fojiaga sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)