Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi hamda Respublika olimpiya zaxiralari badiiy gimnastika bolalar va o‘smirlar maktabining iqtidorli va istiqboli porloq bitiruvchilarini o‘rta maxsus kasbiy ta’limga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 221-sonli qarori bilan Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji qabul kvotasi oshirildi. Bu haqda “Norma.uz” xabar beradi.
Kollejda ta’lim oluvchilar soni 660 nafardan 750 nafarga ko‘paytirildi. Shulardan 330 kishi umumiy o‘rta va 420 nafari o‘rta maxsus kasbiy ta’lim olishi ko‘zda tutildi.
Izoh (0)