Qobulda 7-avgust, juma kuni politsiya akademiyasi yaqinida xudkush o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda “Vedomosti.ru” Afg‘oniston ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining vakili Najib Donish ma’lumoti asosida xabar beradi.
Jabrlanganlar bor. Bu oxirgi sutka ichida mamlakat poytaxtida sodir bo‘lgan ikkinchi portlash hisoblanadi.
“Xudkush o‘zini akademiya yaqinida portlatib yubordi, qurbonlar bor”, — deydi Najib Donish.
Izoh (0)