The Guardian’ning fotomuharriri oddiy tort suratining ostida uzun norozilik xatini yozib qoldirdi. Unda zamonaviy dunyoda pazandalik mahsulotining oddiy suratini topish naqadar qiyinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
“Oddiy tortning suratini topish uchun surat arxivlarida qancha vaqt sarflaganimni bilasizmi? Juda ko‘p! Minglab suratlar ichidan tabiiy tortga o‘xshashini topish qiyin bo‘ldi. Ularning ichida eng yaxshisi mana shu g‘alati muzqaymoqli tortdir. Qolgan barcha tortlar qovurilgan tuxum yoki kashnich bilan to‘ldirib tashlangan, ba’zilari esa Pikasso rasmlari yoki haykaltaroshlik asari kabi bezatilgan. Juda charchadim…”, — deydi u surat ostida qoldirgan yozuvda.
Izoh (0)