AQShda kuchli shamol natijasida sirk chodiri qulab ketdi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi yaralandi. Sirk chodirida hammasi bo‘lib 250 tomoshabin bor edi.
Noxush hodisa Nyu-Gempshir shtatining Lankaster shahrida sodir bo‘ldi. Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, chodir tomosha chog‘ida qulab ketgan.