Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya AQShdan mamlakat siyosatchilari va ishbilarmonlari ortidan josuslik qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlash yoki inkor etishni talab etadi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yesixide Suga ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Foto: AP

“Men bu masalani sharhlashdan tiyilaman. Biroq bularning barchasi rost bo‘lsa, ittifoqchi davlat sifatida chuqur afsusda ekanligimizni bildiramiz”, — deya ta’kidlagan bosh kotib.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Wikileaks resursi AQSh milliy xavfsizlik agentligi bir necha yil davomida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, hukumatning boshqa a’zolari, shuningdek, Mitsubishi korporatsiyasining mas’ul xodimlari telefonlarini eshitish bilan shug‘ullanib kelganini tasdiqlovchi hisobotni chop etdi.

AQSh bunday josuslik hisobiga Yaponiyaning sheriklari bilan savdo munosabatlari, yadro sohasidagi siyosati, diplomatik aloqalari to‘g‘risida mukammal ma’lumotga ega bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Muhandislar xatoligi” — bolalar ustiga qulagan basseyn tomi, Moskvada uchuvchilar aybi bilan halokatga uchragan samolyot, sovet—fin urushining yakunlanishi. Kun x...
Mahalliy
Qo‘qonda voyaga yetmagan qiz xonadondan 1,5 mln so‘mlik tilla uzuk o‘g‘irladi
Sport
Lionel Messi mundialdagi gollar bo‘yicha Maradonaga yetib oldi. Argentinaliklardan faqat bir futbolchi undan oldinda