Ruminiya janubi-sharqidagi Breila uyezdida tijorat kompaniyasiga qarashli AN-2 samolyoti halokati oqibatida bortda bo‘lgan ikki uchuvchidan biri halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Samolyot Stenkutsa qishlog‘i yaqinidagi dalaga qulagan. Qutqaruvchilar va shifokorlar yetib kelguncha uchuvchilar mustaqil ravishda samolyotdan chiqishni uddalagan. Ular uyezd shifoxonasining tez yordam bo‘limiga olib borilgan, keyinroq ulardan biri tibbiyot vertolyotida Buxarestga olib ketilgan. Biroq 59 yoshli uchuvchi yurak xurujidan halok bo‘lgan.
Ikkinchi uchuvchi Breiladagi shifoxonada qolmoqda, uning hayoti xavfdan holi. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 1980-yilda chiqarilgan samolyot mahalliy firma tomonidan ijaraga olingan va texnik holati yaxshi bo‘lgan. Halok bo‘lgan uchuvchining hisobida 6 ming soatdan ortiq parvoz bo‘lgan.
Izoh (0)