Britaniyaning Cheshir grafligida o‘tkazilayotgan Carfest North festivalida Folland Gnat qiruvchi samolyotining qulab tushishi oqibatida uning uchuvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky news xabar beradi.
Halokat aviafestivalda aviatexnikaning namoyishi chog‘ida sodir bo‘ldi. Ikki samolyot spiralsimon pastlashni bajarayotgan edi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, uchuvchilardan biri boshqaruvni yo‘qotgan. Qiruvchi samolyot daraxtga qulab tushgan, shundan so‘ng u yerdan tutun ko‘tarila boshlagan.
Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchi va tez yordam mashinalari yetib keldi.
Izoh (0)