Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Do‘stlik bayrog‘i”. Unda deputatlar, korxona va tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisi Erkinjon Turdimov boshqarib bordi.Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga shu vaqtga qadar NKMK DK Bosh direktorining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Rasulov Komiljon Ismoilovich nomzodi taklif qilindi. Ko‘rsatilgan nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.