Hind okeanidagi Reyunyon orolida 2014-yilda bedarak yo‘qolgan Malayziyaning Boeing samolyotiniki bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan qoldiq topilgan joy yaqinidan malay tilidagi yozuv tushirilgan shisha idish topildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, tozalash vositasi idishi samolyot qoldig‘idan bir necha metr uzoqlikda aniqlangan. Biroq bu aynan yo‘qolgan Boeing 777 samolyotiga aloqadorligi to‘g‘risida gapirishga hali erta. Idish shunchaki yuk samolyoti bortidan uloqtirilgan bo‘lishi ham mumkin.
Avvalroq, Reyunyon orolidan topilgan samolyot qoldig‘idagi seriya raqami Boeing 777’ga tegishli ekani aniqlangani va shu sababli ekspertlar bu yo‘qolgan laynerning bo‘lagi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilayotgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)