Qrimning qo‘shib olinishi va Donbassdagi mojaro sababli Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga yana olti davlat — Chernogoriya, Albaniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Ukraina qo‘shildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Tegishli bayonot Yevropa Kengashining rasmiy saytida e’lon qilingan. Sanksiyalarga qo‘shilgan davlatlardan Chernogoriya va Albaniya Yevropa Ittifoqi a’zoligiga da’vogar hisoblanadi, Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiya esa Yevropa erkin savdo uyushmasiga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning amal qilish muddatini 2016-yil 31-yanvargacha uzaytirdi. Bunga javoban Rossiya Yevropa davlatlarining oziq-ovqat mahsulotlariga embargo muddatini uzaytirgan.
Izoh (0)