General Motors konserni o‘rta hajmdagi Chevrolet Colorado va GMC Canyon pikaplarining yangi versiyasini dizelli motor bilan taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”. Modellarga 2,8 litrli Duramax turboagregati o‘rnatilgan.
20 foizlik biodizelda ham ishlay oladigan yangi dvigatel 181 ot kuchiga ega, olti bosqichli tezlik uzatish qutisi orqali boshqariladi. General Motors vakillarining so‘zlariga ko‘ra, gazlarni qayta ishlash tizimining sovutish funksiyasi evaziga kompaniya tarixidagi eng ekologik dizelli motor ishlab chiqishga erishilgan.
Yangi dizelli motorga ega Chevrolet Colorado va GMC Canyon pikaplari AQShda joriy yil kuzidan sotuvga qo‘yiladi. Mashinalar narxlari mos ravishda 33 520 dollar va 34 875 dollardan boshlanadi.
Izoh (0)