Navoiy viloyatida yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, yangi yo‘llar barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Navoiy ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-foydalanish korxonasi tomonidan olib borilgan rekonstruksiya ishlaridan keyin shaharning G‘alaba ko‘chasida 3,5 kilometrlik yo‘l kengaytirildi. Korxona bosh muhandisi Valiqul Elmurodovning ta’kidlashicha, yo‘l bo‘ylab 10 avtobekat va taksilar to‘xtashi uchun maydonlar barpo etiladi.
Shuningdek, Amir Temur, Bulat, Tolstoy ko‘chalarida 650 metr uzunlikdagi ichki o‘tish yo‘li, 1300 metrlik piyodalar yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)