Jahonning ikkinchi raqamli tennischisi — shveysariyalik Rojer Federer Afrika sharqida joylashgan Malavi davlatida 81 ta maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi uchun 13,5 million dollar xayriya qildi, deb xabar bermoqda Tennis World.
Sportchi pullarni o‘zining afrikalik kam ta’minlangan oilalarga yordam beruvchi xayriya jamg‘armasi hisobiga o‘tkazgan. Federer ushbu aksiyani o‘z homiysi — Shveysariyaning Credit Suisse banki bilan hamkorlikda o‘tkazmoqda. Bank 2009-yildan buyon o‘zining “yuz”i bo‘lgan sportchiga har yili 8 million dollar to‘laydi.
Ma’lumot uchun, Rojer Federer 17 yillik professional faoliyati davomida “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi turnirlarda 17 marta g‘alaba qozonib, 90 million dollardan ortiq mukofot puli olgan. 33 yoshli tennischi so‘nggi marta Uimbldon turniri finalida serbiyalik Novak Jokovichga mag‘lub bo‘lgan edi.
Izoh (0)