Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bahrom Norsafarov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turnirdagi ishtirokini boshladi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

Ushbu turnir terma jamoaga shu yilning 4—9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tayapti.

Veyfang shahrida bo‘lib o‘tayotgan musobaqada O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasidan tashqari Xitoy, Malayziya hamda Qirg‘iziston jamoalari ishtirok etmoqda.

Dastlabki uchrashuvda Bahrom Norsafarov shogirdlari Malayziyaga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik qizlar raqib darvozasini 10 bora aniq nishonga olib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi ushbu turnirdagi keyingi o‘yinini 29-iyul kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘yin esa 31-iyulda bo‘lib o‘tadi.

U-16 ayollar terma jamoalari ishtirokidagi Xalqaro o‘rtoqlik turniri.

O‘zbekiston — Malayziya — 10:0 (5:0)

Gollar: S. Normurodova (5, 50, 71), Sh. Qurbonova (12, 43, 64, 68 ), M. Shoimova (27), M. Panjiyeva (34), L. Shodiyeva (48 ).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov