Fransiyaning Var departamentida uchta kemping hududidan o‘n ming kishi o‘rmonlardagi yong‘in tufayli evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi “Eurointegration.com.ua”.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, 27-iyul, dushanba kuni Frejyus, Pyuje-syur-Arjan va Bodyuen kommunalarida yong‘in yuzaga kelgan.
Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)