Pokistonda suv toshqini qurbonlari soni 51 kishiga yetdi, yana 21 kishi yaralangan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Mamlakatdagi Favqulodda vaziyatlar milliy boshqarmasining ma’lum qilishicha, 27-iyul holatiga tabiiy ofatdan 258 ming kishi jabrlangan. Hududda 12 kun avval boshlangan suv toshqini oqibatida 450 dan ortiq qishloq suv ostida qoldi, 1,6 mingdan ortiq uylar vayron bo‘ldi. Penjob, Xayber-Paxtunxva va Belujiston kabi hududlarga tabiiy hodisa natijasida eng ko‘p zarar yetdi.
Hukumat qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.
Izoh (0)