Hindistonning Pokiston bilan chegaradosh Panjob shtatida avtobus va politsiya uchastkasiga qilingan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Yetti nafar politsiya xodimi, shu jumladan ularning boshlig‘i Baljit Singx hujum qurboni bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Maxsus operatsiya davomida ikki nafar jangari o‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyul, dushanba kuni to‘rt nafar qurollangan kishi Panjob shtatidagi Dina-Nagar shahrida avtobusga, so‘ngra politsiya uchastkasiga hujum qildi. Hindiston hukumati Pokiston bilan chegarada nazoratni kuchaytirdi.
Bundan tashqari, Amritsar—Patxankot temir yo‘lidan beshta portlovchi qurilma topildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlar qatnovi to‘xtatib qo‘yildi.
Izoh (0)