Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II taxtni boshqarish davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatiladigan kunni tantanali nishonlaydi, deb xabar beradi “TASS”.
“U 9-sentabr kuni tadbir uyushtirishga rozi bo‘ldi. Shu sanada qirolicha Viktoriyaning 63 yil-u 216 kundan iborat boshqaruv davri rekordi yangilanadi”, — deyiladi The Daily Mail nashr xabarida.
Tantanali marosim o‘tkaziladigan joy aniqlashtirilmagan. Biroq bu davrda qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i Balmoral qasrida ta’tilda bo‘lishi tufayli marosimning Shotlandiyada o‘tkazilishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)