Financial Times gazetasi tegishli bo‘lgan FT Group’ni Yaponiyaning Nikkei Inc. korporatsiyasiga 1,3 milliard dollarga sotgan Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi The Economist jurnali tegishli bo‘lgan Economist Group ham sotilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Pearson o‘zining 50 foizlik ulushi sotilishi ehtimoli Economist Group rahbariyati va ishonchli vakillar bilan muhokama qilinayotganini tasdiqlagan. Biroq muzokaralar yakunida bitim imzolanishi aniq emasligi qayd etilgan. Ehtimoliy xaridorlar nomi ma’lum qilinmagan.
Reuters xabariga ko‘ra, kompaniyaning qolgan 50 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi minoritariylar guruhi Pearson bilan muzokaralar o‘tkazmoqda, biroq ularda bu ulushni sotib olish uchun mablag‘ yetarli emas. Shunga qaramay, ovoz berishda ularning huquqlari ko‘proq bo‘lib, Cadbury, Rothschild singari aksiyadorlar roziligisiz ulushni sotib bo‘lmaydi.
Izoh (0)