Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Hillari Klinton shaxsiy pochta manzili orqali amalga oshirgan yozishmalarda maxfiy ma’lumotlar topildi. AQSh Razvedka hamjamiyatida ma’lum qilishlaricha, Klinton tomonidan jo‘natilgan kamida to‘rtta maktubda shunday manbalar bo‘lgan. Tekshiruvdan esa hozircha 30 ming xatdan 40 tasi o‘tgan, xolos. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: zn.ua

Foto: zn.ua

2015-yil martida, Hillari Klinton prezidentlikka nomzodini ilgari surishi arafasida The New York Times gazetasi xonim AQSh Davlat departamentini boshqargan yillari shaxsiy pochtasidan xizmat faoliyatida foydalangani haqida maqola e’lon qilgandi. O‘shanda Klinton o‘zini oqlab, shaxsiy pochta manzilidan maxfiy ma’lumotlarni jo‘natmaganini bildirgan va yozishmalarning barchasini e’lon qilishni so‘ragan. Hozirda Davlat departamenti maktublarni e’lon qilishni boshladi: yozishmalar maxfiyligini tekshirib chiqish kerakligi tufayli, ular to‘liq 2016-yilgacha elon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Hillari Klinton 2009—2013-yillarda AQSh Davlat kotibi bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi