Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Amerikalik Elizabet Daymondda 2014-yil avgustida miya saratonining to‘rtinchi bosqichi kechayotgani aniqlandi. “BigPicture.ru”ning yozishicha, Elizabet o‘limidan so‘ng oilasining holi ne kechishini o‘ylab, dahshatga tushdi.

Foto: “BigPicture.ru”

Foto: “BigPicture.ru”

Biroq Elizabetni beshinchi sinfdan beri biladigan dugonasi — Lora Ruffino, agar Elizabetga nimadir bo‘ladigan bo‘lsa, uning to‘rt nafar qizini asrab olishga va’da berdi. Yolg‘iz ona hisoblangan Elizabet 2015-yil aprelida vafot etdi va Lora va’dasining ustidan chiqdi.

Loraning turmush o‘rtog‘i bilan birga ikki qizi bor edi, endi ularning soni ikki barobar oshdi. Mazkur ajoyib oila istiqomat qiladigan Nyu-Yorkdagi tuman aholisi yordam ko‘rsatmoqda, jumladan, ularning ko‘magi bilan 80 ming dollar yordam to‘plandi.

“O‘n yil avval hayotim bunday ko‘rinish oladi, deb o‘ylamagandim. Lekin sen bilan nimadir bo‘ladigan bo‘lsa, chorlovni qabul qilish va qo‘lingdan kelganini qilish lozim”, — deydi Lora.

1042

942

844

555

455

364

287

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri