Norvegiya qirolichasi Sonya dugonalar bilan qayiqda sayr qilib yurgan vaqtida jarohat olgan qizga birinchi yordamni ko‘rsatdi, deb xabar bermqoda “Newskaz.ru”.
Qayd etilishicha, uch nafar qiz qayiqda sayr qilib yurganda, uning motori buzilib qolgan. Qizlardan biri motorni tuzatishga uringan, biroq uning oyog‘i qattiq yaralangan. Qizlar qonni to‘xtata olmagach, qirg‘oqqa chiqishga qaror qilgan.
Yaqin atrofda hamrohlari bilan sayr qilib yurgan qirolicha qiz yaralanganini ko‘rib, yordamga oshiqqan. U qizning oyog‘ini bog‘lashlarini va unga issiq narsalar keltirib berilishini nazorat qilgan. Buni guvohlar ham, qirollik saroyi ham tasdiqlangan. Keyinroq qiz shifoxonaga olib borilgan, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Izoh (0)