Nigeriya shimoli-sharqidagi Gombe shahrida 22-iyul, chorshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan bir qator portlashlar natijasida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Manbalarga qaraganda, terrorchilik harakatlari shaharning ikki avtobus vokzalida amalga oshirilgan.
O‘tgan payshanbada ekstremistlar tomonidan Gombe shahridagi markaziy bozorda portlatish amalga oshirilgan edi. Natijada 50 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortig‘i yaralangan edi.
Izoh (0)