Rossiya hukumati “Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy talablar va majburiyatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiyaga kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat matni Rossiya huquqiy axborotlar rasmiy internet-portaliga joylashtirilgan.
Qarorda ushbu bitimni ma’qullab, Rossiya Federal majlisining Davlat dumasiga “Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy talablar va majburiyatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi federal qonunni kiritish, moliya vaziri o‘rinbosari Sergey Storchakni ratifikatsiya masalasi parlament palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishida hukumatning rasmiy vakili etib tayinlash belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, bitim 2014-yil 10-dekabrda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi davomida imzolangan edi
Izoh (0)