Respublikachilar partiyasi vakili, Ogayo shtati gubernatori Jon Kasich 2016-yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligi uchun saylovlar poygasiga 21-iyul, seshanba kuni qo‘shiladi. Bu haqda “Vedomosti.ru” xabar beradi. U AQSh prezidentligi lavozimiga 16-nomzod hisoblanadi.
63 yoshli Kasich 1999-yilda ham AQSh prezidentligi lavozimi uchun kurashgan. Biroq o‘shanda u saylovning oxirigacha qatnashmasdan, o‘zining tarafdorlariga Jorj Bush uchun ovoz berishni taklif qilgan edi.
Shu tariqa respublikachilar AQSh prezidentligi uchun eng ko‘p nomzodni ilgari surmoqda.
Izoh (0)