Xitoylik shifokorlar ish vaqtida qo‘li mashina spiraliga kirib ketgan bemorning kaftini saqlab qolish maqsadida o‘ta murakkab operatsiya o‘tkazib, uni bemorning oyog‘iga tikib qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Erkak qo‘limdan ayrildim deb o‘ylagan, biroq shifokorlar 10 soatlik operatsiya mobaynida kerakli to‘qimalarni tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Uzilgan kaftda qon aylanishini ta’minlash maqsadida u oyoq tovoniga tikib qo‘yilgan.
Bir oydan keyin kaft yana o‘z joyiga qaytarilgan. Bemor yaqinda shifoxonadan chiqqan, biroq u qayta tiklanishi lozim. Hozircha uning harakat funksiyalari oxirigacha tiklanmagan – u faqat barmoqlarini qimirlata oladi.
Izoh (0)