18-iyul, shanba kuni Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomeyniy Tehron xalqaro siyosat masalasida AQSh bilan muzokaralar olib bormasligini, yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar bundan mustasno ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “News.liga.net” xabar beradi.
Xomeyniy musulmonlarning Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan qilgan chiqishida AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati Eron siyosatiga qarama-qarshi ekanligini ta’kidladi.
U shuningdek, siyosatchilarni Tehron va “oltilik” davlatlari o‘rtasidagi kelishuvning Eron milliy manfaatlariga mos kelishiga ishonch hosil qilishga chaqirdi.
Izoh (0)