12-iyul kuni Moldovada NATOning “Efort comun 2015” harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda “Eurointegration.com” Mudofaa vazirligi ma’lumoti asosida xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, unda Moldova, AQSh, Polsha, Gruziya va Ruminiya davlatlaridan 800 ga yaqin harbiy xizmatchilar qatnashadi. O‘quv mashg‘ulotlari Belsi shahrida, “Moldova” motopiyodalar brigadasi harbiy-o‘quv markazida o‘tkaziladi.
Kontingent rahbari polkovnik Vyacheslav Rusuning ma’lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotlari davomida qurollar turining o‘zaro muvofiqligi tekshiriladi hamda harbiylar o‘rtasida tajriba almashinadi.
Izoh (0)