Fransiya janubidagi Marsel aeroportidan o‘n kilometr masofada joylashgan LyondellBassel kompaniyasining neftni qayta ishlash zavodida ikkita portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti.ru” xabar beradi.
Portlashlar Ber-l’Etan kantonida tonggi soat uchga yaqin yuz berdi. Bir-biridan 500 metr masofada turgan, neft mahsuloti bo‘lgan ikkita idish yonib ketdi.Mahalliy prefekturaning ma’lum qilishicha, hech kim jabrlanmagan.
Yonib ketgan idishlardan birida yengil benzin bo‘lgan. Undan yong‘inning tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi. Nafta (neftni haydash orqali olinadigan modda) bo‘lgan sisternani o‘chirish hamon davom etmoqda. Yong‘inni o‘chirishda yuzlab o‘t o‘chiruvchilar va 20 ta texnika qatnashmoqda.
Izoh (0)