Avvalroq kelajagini Ispaniyada va La ligada ko‘rishni istayotgan 18 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Yusupov haqida maqola chop etilgan edi, deb yozadi “Uff.uz”.
Maqolada mazkur futbolchining taqdiriga befarq bo‘lmagan tadbirkorlar va ishbilarmonlarimizni hamkorlikka chorlangandi. Bugunga kelib esa, qahramonimiz Kataloniyaga uchib ketdi. U yerda “Barselona” ko‘rigidan o‘tadi.
Hozir Sardor Barselona shahrida yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga kirishgan. “Barselona” klubiga prezidentlik saylovi yakuniga yetgach, hammasiga oydinlik kiritiladi. Bundan tashqari uning xizmatlariga “Espanyol” va “San Andreo” klublari ham qiziqish bildirgan.
Lekin, mazkur vaqt ichida futbolchimizning otasi kutganidek hamkorlik masalasiga u qadar yechim topilmadi. Shu bois, Sardor Yusupovga yordamini ayamaydigan ishqibozlar hukmiga “O‘zsanoatqurilishbank”da O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartib-qoidaga asosan ochilgan homiylik hisob raqamini havola etildi. Batafsil ma’lumot bilan “Uff.uz” saytida tanishish mumkin.
Izoh (0)