Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

WBA qaroriga ko‘ra, Ruslan Chagayev chempionlik kamarini majburiy da’vogar Okendodan himoya qiladi, deya xabar bermoqda “Olamsport.com”.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Shartnomada o‘zbekistonlik sportchining amerikalik bokschiga revansh jangini taqdim etishi ko‘rsatilgandi. Bu jang g‘olibi esa yana bir majburiy da’vogar avstraliyalik Lukas Braunga qarshi ringga ko‘tariladi. Chagayevning promouteri rossiyalik Timur Dugazayev shu yil oxirigacha har ikki jangni ham tashkil etish istagida ekanligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev Germaniyaning Magdeburg shahrida o‘tkazilgan boks kechasida o‘ziga tegishli bo‘lgan super og‘ir vazn toifasi WBA (Regular) chempionlik kamarini italiyalik Franchesko Pyanettani birinchi raunddayoq nokautga uchratib, himoya qilgan edi.

Bu bilan Ruslan o‘tgan yili iyul oyida Grozniyda ochkolar hisobi bo‘yicha amerikalik Fres Okendoni mag‘lub etib, qo‘lga kiritgan chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi. Ayni paytda Chagayev hisobida 34 ta g‘alaba (21 ta nokaut), 2 ta mag‘lubiyat va bitta durang bor.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi