Norvegiya politsiyasi o‘z xodimlari tomonidan qurollardan foydalanganlik holatlari bo‘yicha hisobot taqdim etdi. Ushbu hujjatga ko‘ra, 2014-yilda politsiya xodimlari 42 marta qurolni chiqarib, undan atigi ikki marta o‘q uzgan, shunda ham hech kimni yaralamagan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Politsiya tomonidan kimgadir qurol bilan tahdid qilishlar soni 2002-yildan buyon eng kam ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Norvegiyada huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari 12 yillik kuzatuv davomida ikki kishini o‘ldirgan.
Izoh (0)