Jahon banki Tojikistonni daromad darajasi o‘rtacha mamlakatlar qatoriga kiritdi, biroq mamlakat ushbu ro‘yxatning eng quyi pog‘onalarida bormoqda, deb xabar berdi “News.tj”.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Tojikistonda aholi jon boshiga daromadlar yiliga 1000—4000 dollarni tashkil etadi. Tojikistondan tashqari, Bangladesh, Keniya va Myanma ham daromad darajasi o‘rtacha mamlakatlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo‘lgan.
Jahon banki tasnifida mamlakatlar jami to‘rt xil daromad darajasiga qarab bo‘lingan: past, pastga yaqin o‘rta, yuqoriga yaqin o‘rta va yuqori.
Izoh (0)