Xitoy shimolidagi qishloqlardan birida bir necha yil davomida cho‘chqalar bilan molxonada yashagan yetti yoshli bola topildi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
“Puyan muhabbat jamiyati” jamoat tashkilotiga qo‘shnilar yordam so‘rab murojaat qilgan. Ularning xabar berishicha, bola yashagan oilada ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lgan, uni uydan haydab chiqarishgan va xo‘rlashgan.Bolaning onasi ruhiy kasal bo‘lganligi, otasi esa cho‘chqa ko‘paytirish va hammollik qilib pul topish bilan band bo‘lganligi sababli bolaga e’tibor berilmagan. U yetti yoshga kirgan bo‘lishiga qaramasdan, gapirishni bilmaydi.
Izoh (0)