Hindiston va Qozog‘iston davlatlari “Shimol-Janub” transport yo‘lagi loyihasi doirasida hamkorlik qilishga kelishib oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Hindiston bosh vaziri Nerandra Modilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ikkitomonlama muzokaralarda qabul qilingan qo‘shma bayonotda ushbu hamkorlik haqida so‘z boradi.Qozog‘iston va Hindiston rahbarlari avgust oyida “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagi muvofiqlashtiruvchi kengashining majlisini o‘tkazishga chaqirdi. Unda ushbu davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarida transport yo‘lagidan foydalanishni osonlashtiruvchi qarorlarni qabul qilish ko‘zda tutildi.
Shuningdek tomonlar 2014-yilning dekabr oyida ishga tushgan Qozog‘iston—Turkmaniston—Eron temir yo‘llarining transport yo‘lagi bir qismiga aylanishi haqidagi kelishuvga keldi.
Izoh (0)