“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-avgustidan boshlab barcha telekanallarning badiiy kengashi bir bo‘lib, “O‘zbeknavo” qoshida tuziladi, deb xabar qiladi “Sayyod.com”.
“Ya’nikim, taqdim etilgan klip taqdirini har bir telekanalning bugungi kungacha o‘z mavhum badiiy kengashi emas, balki hamma telekanal uchun bir joydagi badiiy kengash hal qiladi. Bugungi kungacha mana shu mavhum badiiy kengash va efir uchun tayyorlangan media mahsulotlari bo‘yicha turli anglashilmovchiliklar xonandalarni yaxshigina sarson bo‘lishiga sabab bo‘lib, kerak bo‘lsa bir qo‘shiqqa har bir telekanal uchun ikki turdagi klip taqdim etardi. Bu esa xonanda uchun yana bir xarajat demak.
Masalan, xonanda Muzaffar Mirzarahimovning ‘Lolajon’ qo‘shig‘iga ishlangan syujet klip MY5 telekanalida ‘aylangan’iga qaramay, oradan biroz vaqt o‘tib ushbu qo‘shiqqa mutlaqo o‘zgacha va oddiy trek ko‘rinishidagi klip ‘Navo’ telekanalida qo‘yila boshlaganini sababini ham shundan tushunish qiyin emas”, — deb yozadi Sayyod.com.
Izoh (0)