Yaponiyaning Real-f Co. kompaniyasi sun’iy inson yuzini ishlab chiqishdagi ilk muvaffaqiyatlarga erishganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Silikondan yasaladigan sun’iy yuzlar kelajakda yuzni jiddiy plastik to‘g‘rilashga muhtoj bo‘lgan odamlardagi tiklash operatsiyalarida qo‘llanilishi mumkin. Kompaniyaga hozirdanoq taniqli ishbilarmonlar, siyosatchilar-u shou-biznes vakillaridan tortib avariyalarda yoki hayvonlar hujumidan jiddiy jarohat olgan yoki og‘ir kasallik tufayli yuziga zarar yetgan oddiy insonlar buyurtma berishni boshlagan.
Modelni ishlab chiqish 300 ming iyena (taxminan 2,4 ming dollar) ga tushadi. Xizmat haqiga yuz maketini tayyorlashdan tortib, uni 3D printerda chop etishgacha bo‘lgan jarayonlar kiradi.
Izoh (0)