Amerikalik alpinist Qirg‘izistondagi Lenin cho‘qqisiga chiqishda halok bo‘ldi, deb xabar beradi Interfax.
Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli kuchlari havo mudofaasi aviatsiyasi tomonidan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilib, unda Mi-8MTV vertolyoti yordamida Lenin cho‘qqisining 4650 metr balandlikdagi qiyaligidan AQSh fuqarosi Ziverd Endryuvning jasadi evakuatsiya qilinganligi xabar berildi.
Lenin cho‘qqisi — Chon-Oloy tog‘ tizmasinig cho‘qqisi bo‘lib, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida joylashgan. U Pomir tog‘ tizimida joylashgan eng baland cho‘qqilardan biri hisoblanib, uning balandligi 7134 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)