Janubiy Koreya janubi-sharqidagi Ulsan shahrida joylashgan Hanwha Chemical kimyo zavodida yong‘in va portlash sodir bo‘lishi oqibatida korxonaning olti ishchisi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 9:20 da chiqindilar ortilgan konteyner yaqinida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarining taxminicha, uchqun gaz to‘plangan konteyner ichiga tushishi oqibatida portlash kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jumladan, ishchilar tomonidan loqaydlikka yo‘l qo‘yilganligi ehtimoli ham tekshiriladi.
Izoh (0)