Facebook asoschisi Mark Sukerberg ertami-kechmi insonlarga xayollarini to‘laqonli almashish imkonini beruvchi texnologiya ixtiro qilinishiga ishonishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Siz biror narsa haqida o‘ylashingiz mumkin va agar xohlasangiz, shu zahoti do‘stlaringiz ham bundan xabardor bo‘lishi mumkin” — dedi Sukerberg 30-iyun kuni Facebook foydalanuvchilarining savollariga javob berish chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kommunikatsiya texnologiyalari rivojining eng ilg‘or bosqichi bo‘ladi. Sukerbergning fikricha, taraqqiyot ikki yo‘nalishda davom etadi — axborot almashish imkoniyatlari boyib boradi hamda insonlar qancha xohlasalar, shuncha ko‘p muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)