Jahon banki O‘zbekistonga Buxoro va Samarqand kanalizatsiya tarmoqlarini qayta tiklash bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun 105 million dollar hajmida qo‘shimcha mablag‘ taqdim etdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Kredit O‘zbekistonga Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan 25 yil muddatga besh yillik imtiyoz davri bilan beriladi.
Nashr eslatishicha, ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki 2009-yilda O‘zbekistonga 55 million dollarlik kredit ajratgan edi.
Izoh (0)