Germaniyadagi Volkswagen avtomobil zavodida robot nazoratdan chiqib ketib, ishchining ko‘kragiga o‘limga olib keluvchi jarohatlar yetkazdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Volkswagen matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, hodisa vaqtida ishchi uskunaning ichida bo‘lgan. Robot odamni metall plastinaga qisib borib, ko‘krak qafasiga bosgan. Ishchi shifoxonada vafot etgan.Konsernning qo‘shimcha qilishicha, nosozlik uskuna tashqarisida bo‘lgan boshqa bir ishchi tomonidan mexanizmning ishga tushirilishi oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Hozirda surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)