AQShning Tennessi shtatida yashovchi Jeremi Stamper xotirasini yo‘qotgan turmush o‘rtog‘i Jastis uchun to‘y marosimini qaytadan o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar bermoqda BuzzFeed.
Qayd etilishicha, juftlikning to‘yi o‘tgan yilning 1-avgustida bo‘lib o‘tgan. Biroq bir necha hafatadan keyin Jastis yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ko‘plab jarohatlar olgan va qisman xotirasini yo‘qotgan.
Shifokorlar unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatib, tiklanishiga yordam bergan. Ammo bir oydan keyin Jastis Jeremiga avariyadan oldingi besh haftani, jumladan to‘yni ham unutganini ma’lum qilgan. Eslatishga barcha urinishlar foyda bermagach, Jeremi to‘yni qaytadan o‘tkazishga qaror qilgan.
Marosimni tashkillashtirish uchun Jeremi GoFundMe kraudfanding servisida sahifa yuritgan. U to‘y xarajatlari uchun besh ming dollar to‘plashni so‘ragan. Kerakli mablag‘ bir oy ichida yig‘ilgan. To‘y 1-avgustda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)